3D-Model

3D model bu ob’yektning uch o’lchovli fazodagi matematik modelidir. Har qanday shakl (haykal, bino va boshqalar) yoki sirt (landshaft yoki barelyeflar) ni uchburchaklar va to’rtburchaklar to’plami ko’rinishida taqdim etish mumkin. Modellashtirilgan ob’ektlar turli o’lchamlarda bo’lishi mumkin. Kichik bir tafsilotdan katta shahargacha. Biz foydalanadigan usullar olingan fotosuratlar tahlili natijalariga ko’ra ob’yektning 3 o’lchovli poligonal modelini tuzishga imkon beradi.

Fotosuratlarni geodezik geo-havolalar yordamida ishlatish aniq geografik koordinatalarda modellarni yaratishga imkon beradi.

Modelning sirtlariga tuzilgan to’qimali atlas asosida mozaikali to’qimalar tayinlangan.

Iyerarxik plitkalar formatidan foydalanish kata o’lchamdagi va detallashtirilgan yirik ob’yektlarning 3D modellarini vizual ravishda aks ettirishga imkon beradi.

Close Menu